Fransiya chempionati. “PSJ” Neymarsiz g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2017, 23:06
Fransiya chempionatining 1-turida “PSJ” futbolchilari o'z maydonlarida “Amen” klubini taslim etishdi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Kavani hisobni ochgan bo'lsa, 80-daqiqada Pastore oradagi farqni ikkitaga oshirdi-2:0. Yaqindagina rekord summa evaziga jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan Neymar bu uchrashuvda maydonga tushmadi.

Fransiya chempionati.

1-tur

PSJ – Amen 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar : 1:0 – 42 Kavani, 2:0 – 80 Pastore.

PSJ – Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva (Kimpembe, 46), Rabo, Motta (Matyuidi, 67), Di Mariya, Verratti, Pastore, Kavani (Gonsalu Gedesh, 86).

Amen –Gyurtner, El-Xadjam, Adenon, Guano, Sissoko, Manzala (Burgo, 69), Monkondyui, Fofana, Bodmer, Ndombele (Sharre, 57), Koyta (Labo, 77).

Ogohlantirish:  Fofana (69).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia