Fransiya chempionati. “PSJ” kamchilikda to'p tepishiga qaramay so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

7 apr 2018, 01:56
Fransiya chempionatining 32-turida “PSJ” safarda “Sent-Eten” bilan durangga erisha oldi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Remi Kabella mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'limning o'zida xavbek “dubl” qayd etishi mumkin edi. Ammo u penaltini amalga oshira olmadi. Tanaffusga qadar parijliklar bir kishi kam bo'lib qolishdi: Presnel Kimpembe ikkinchi bor ogohlantirilib, maydonni tark etdi.
Uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqasida mezbonlar himoyachisi Matyo Debyushi o'z darvozasini ishg'ol etib, parijliklarni muqarrar mag'lubiyatdan saqlab qoldi -1:1.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia