Fransiya chempionati. “PSJ” dan navbatdagi yirik g'alaba

18 noya 2017, 23:03
Fransiya chempionatining 13-turida “PSJ” o'z uyida “Nant”ni taslim etdi.

Parijliklar safida Kavani “dubl” qayd etgan bo'lsa, Pastore va Di Mariya ham o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.

Natijada ushbu g'alabadan so'ng “PSJ” eng yaqin taqibchisi “Monako”dan olti ochko ilgarilab ketdi. “Nant” esa 23 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.

Fransiya chempionati.

13- tur

PSJ – Nant 4:1 (2:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 38 Kavani, 2:0 – 42 Di Mariya, 2:1 – 60 Nakulma, 3:1 – 65 Pastore, 4:1 – 79 Kavani.

PSJ – Areolya, Markinos, Berchiche, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti (Lo Chelso, 80), Rabo (Nkunku, 86), Pastore (Draksler, 80), Di Mariya, Neymar, Kavani.

Nant – Teterushanu, Dyubua, Pallua, Diego Karlos, Lukas Lima (Iloki, 46), Ronje, Andrey Jirotto (Nakulma, 59), Avazem, Ture, Djidji (Tomasson, 70), Sala.

Ogohlantirish: Berchiche (48), Pallua (48), Avazem (63), Jiji (65), Verratti (74).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia