Fransiya chempionati. Dramatik bahsda “Marsel” irodali g'alabaga erishdi

2 okt 2017, 02:05
Fransiya chempionatining 8-turida “Marsel” safarda qiyin va irodali g'alabani tantana qildi.

Mezbonlar “Nicca” futbolchilari 16-daqiqada ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishsada,  yakunda o'z darvozalaridan to'rtta gol o'tkazib yuborishdi. Mehmonlar 66-daqiqadan boshlab maydonda 10 kishi bo'lib harakatlanishlariga qaramay, g'alabani o'z qo'llarida saqlab qola olishdi.

Fransiya chempionati, 8- tur

Nicca – Marsel 2:4

Gollar: 1:0 – 4 Balotelli, 2:0 – 16 Seri, 2:1 – 26 Okampos, 2:2 – 41, avtogol Le-Melu, 2:3 – 44 Okampos, 2:4 – 47 Luis Gustavo.

Nicca – Kardinal, Dante, Sarr (Marlon, 76), Suke, Le Marshan, Sent-Maksimen, Mendi, Seri, Le-Melu (Ganago, 77), Plea, Balotelli.

Marsel –Mandanda, Rami, Amavi, Sakai, Rolandu, Zambo-Angissa, Luis Gustavo, Payet (Sarr, 84), Toven (Sertich, 70), Okampos, N`Ji (Jermen, 78).

Ogohlantirish: Le-Melu (32), Payet (36), Plea (50), Amavi (61), Okampos (88).

Chetlatish: Luis Gustavo (66).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia