

Hech qachon Romaga qaytmayman. Sizlar menga bu savolni har kuni berasizlar. Men hech qachon bormayman, tamom, - deb javob berdi Franchesko Totti.
Ma'lumot uchun, So'nggi Imperator faoliyatini to'liq Romada o'tkazgan. U rimliklar safida 783 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 307 ta gol va 209 ta golli uzatma bor.
Franchesko Totti 2017-2019 yillar oralig'ida Romada bosh direktor lavozimida ham ishlagan.



