

"Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 19-27 sentyabr kunlari Janubiy Koreyada yig'in o'tkazadi. Saytimizga ma'lum bo'lishicha, unga jalb etiladigan futbolchilarning (kengaytirilgan) ro'yxati allaqachon shakllantirilgan va ulardan viza uchun kerakli hujjatlar so'ralgan.
O'FAga yaqin manbalardan ayni paytda eng yaxshi sport formada bo'lgan hujumchilar chaqiruv olmaganini aniqladik.
Gap Superliga to'purari bo'lib turgan Temurxo'ja Abduxoliqov va kuni kucha "So'g'diyona"ni OFK kubogi yarim finaliga olib chiqqan Shohruz Norxonov haqida ketyapti. Shuningdek, Belarusni yondirayotgan Bobir Abdixoliqov ham ro'yxatga kiritilmagan.
Kimdir u o'ynayotgan chempionat saviyasini shubha ostiga qo'yishi mumkin. Unutmaslik kerak: Yaxshiboev 27 uyinda 16 ta gol urgani uchun ko'klarga ko'tarilgan ligada Bobir 19 o'yinda 19+5 ochko to'pladi.
Gap terma jamoa haqida ekan, o'yinchilarni tanlashda 2 xil standart bo'lmasligi kerak. Shaxsan o'zimga qaysi forvardlar chaqiruv olgani juda qiziq.
P/s. Yodingizda bo'lsa, janob Katanets "Navro'z kubogi"da tarkib bo'yicha berilgan savollari tufayli jurnalistlardan xafa bo'lgandi. Milliy jamoamiz ustozi shunaqa holat takrorlanishini xohlasama, Janbuiy Koreyaga jo'nab kyetish oldidan matbuot anjumanida mahalliy hamkasblarimizning qarshisiga chiqishi kerak. Bu hamma uchun yaxshi bo'ladi", - deydi Faxriddin Ro'ziev.



