

Bu haqda kooora.com nashri xabar berdi. Manbadagi xabarga ko'ra Musaev kecha tunda Doxaga yetib borgan. Ertaga futbolchi klubda tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng maxsus matbuot anjumani tashkil etiladi.
Ayni paytda "Qatar SK" Qatar yulduzlar ligasining yakunlangan mavsumida 12 jamoa orasida 8-pog'onani egalladi. Klubni braziliyalik Sebastyao Lazaroni boshqarmoqda. Jamoa safida Marsino (Braziliya), Bakari Kone (Kot D'Ivuar), Qusay Munir (Iroq) va Rami Fayoz (Iordaniya) kabi legionerlar bor.



