FOTOMAQOLA. O'zbekiston MTJning rasmiy mashg'uloti (05.06.2017)

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2017, 11:35
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi o'yindan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.

Quyida "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan mashg'ulotdan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.

Futbolchilar asosiy jarayonga o'tishdan oldin mushaklarni qizdirib olish mashqlarini bajarishmoqda.

Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov kecha yakka tartibda mashg'ulot o'tkazdi.

Oldindagi o'yinlarda ham Jeparovdan mana shunday shaxdam qadamlar bilan jamoamizni oldinga etaklashni kutib qolamiz.

Futbolchilarimizning ko'pchiligida kayfiyat yaxshi.

Bunga yana bir misol.

Nigohlar...

Terma jamoamizning eng xushchaqchaq o'yinchisi Aleksandr Geynrixning aldamchi kadri (aslida shu vaziyatda ham kayfiyati a'lo edi;) ).

Jaloliddin Masharipov to'p bilan bekor turmaydi, doim to'p bilan vaqtni ko'kka sovurmaslikka intiladi. Bu odat Sardor Rashidovda ham bor.

Darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov kiperlarimizni umumiy guruhdan alohida shug'ullantirdi.

Odil Ahmedov esa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Andrey Shipilov bilan tiklanish maqsadida yakka holda shug'ullandi.


O'zbekiston milliy terma jamoasining kechagi rasmiy mashg'ulotidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTO


Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia