Afsuski B guruhi vakillari uchun ajratilgan mashg'ulot maydonlari ancha uzoqda joylashgan. Media qishloqdan 53km masofa, tirbandliksiz 40 daqiqaga yaqin, ish kunlari bir soatdan sal ko'proq yurasiz. Mashg'ulot vaqti ham tushlik paytiga qo'yilgan. Barcha stadionlar bandligi bois, hech kim o'zi istagan vaqtga qo'ya olmaydi.
Mashg'ulot uchun yaratilgan sharoit a'lo darajada. Goyang stadionida K-Liga Chelenj ishtirokchisi Goyang Xay jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadi.
Mashg'ulotlarda Mirjalol Qosimov ikkita bir xil tarkib tuzdi. Sariqlar quyidagicha ko'rinish oldi:
Eldor Suyunov, Egor Krimec, Davron Hoshimov, Islom To'xtaxo'jaev, Azamat Isroilov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Igor Sergeev, Navro'zbek Alimov.
Katta ehtimol bilan bu Gonkong terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadigan tarkib. Mashg'ulot so'nggida Mirjalol Qo'shoqovich yuqoridagi futbolchilar bilan ishladi. Shuhrat Maqsudov esa quyidagilar bilan:
Nikita Ribkin, Bobur Yo'ldoshev, Salim Mustafoev, Sherzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Dilshod Jo'raev, Farruh Sayfiev, Vohid Shodiev, Shahzodbek Nurmatov.
Mashg'ulotdan avval barcha Shuhrat Maqsudovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Odatga ko'ra Pyotr Gizimchuk Nikita Ribkin va asosiy posbonimiz Eldor Suyunov bilan ishladi. Baxtiyor Ashurmatov esa Saudiya Arabistoni - Laos o'yiniga ketgan edi.
Mashg'ulot boshlanishi oldidan delegaciyamiz vakillaridan biri savol berdi:
- Siz ham Toshkentga biz bilan qaytasizmi?
- Yo'q, sizlar men bilan ketinglar yaxshisi. Men finalga qadar shu yerdaman. Sizlar erta kyetib qolmanglar tag'in.
Kayfiyatlar a'lo. Nasib qilsa, ertaga albatta g'alaba qozonamiz. Bugun esa jahon chempionatiga chiqishimiz kerak, Suriyani mag'lubiyaga uchratib.
P.S: Sayt ma'lumotlaridan FE gazetasidan boshqa bironta sport nashri foydalanishi qatiyan man etiladi. Ma'lumotlardan foydalanish uchun mamuriyat bilan aloqaga chiqish talab etiladi.
Nodirxo'ja Yuldashev