Fotomaqola: Akmal Xolmatov va "Neftchi" (tarix)

Nadirkhuja Yuldashev
9 iyul 2014, 13:38
Bu kishiga bo'lgan hurmatim o'zgacha. Xolmatov nafaqat yaxshi futbolchi, balki hayotda yaxshi inson ham.
Kamdan-kam futbolchilar yaxshi o'yinchi bo'lish bilan birga, yaxshi inson ham bo'ladilar. O'z tarbiyasi bilan yillar davomida qayerda to'p tepmasin, o'zidan kichiklarga o'rnak bo'lib kelayotgan Akmal Xolmatov yana qadrdon jamoasi, "Neftchi"ga qaytdi. Men esa o'z foto arxivimdan foydalangan holda, Akmal Xolmatovning suratlarini e'tiboringizga taqdim etaman.

U paytar apparatimiz juda oddiy edi, shuning uchun sifatiga uzr so'raymiz.



Xolmatov dastlab "Neftchi"ga kelgan yili, uni hamma birdek qabul qilmagan. Hattoki bir marotaba jamoadan ketishi kerakligini aytishgan. Yillar o'tib u Sarkisyanning jamoadagi eng ishongan futbolchisi darajasiga chiqa oldi.



Bu o'yin kechagidek yodimda. "Navbahor" - "Neftchi" o'yini Toshkentga ko'chirilishi munosabati bilan, o'qishdan chiqib stadionga kelganman. Mansur Saidov chamasi 40 metrlardan darvoza to'rini ishg'ol qilgan edi. "Navbahor" darvozasida Oleg Belyakov turgan.



Akmal Xolmatovni o'z ustida ishlashini inobatga olsak, 2015 yil ham shu saviyasida "Neftchi"ga yordam bera oladi. Agar siz suratda ko'rib turgan futbolchingiz, Mansur Saidov ham jamoaga qaytadigan bo'lsa bormi?



"Neftchi" muxlislari yana xursandlar, Xolmatov yana Farg'onada.



2007 yil. Sobiq MHSK stadioni. "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvi oldidan sardorlar.


Nodirxo'ja Yuldashev

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia