FOTOLOYIHA. MTJ o'yinidan TOP-10 kadr!

Nadirkhuja Yuldashev
30 mar 2016
O'zbekiston va Bahrayn milliy terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda obektiv nigohida bo'lgan eng qiziqarli 10ta suratni e'tiboringizga taqdim etamiz.

Suratlarni Anvar Ilyasov, Hasan Pirmuhamedov, Nodirxo'ja Yuldashev va Tolibjon Qosimov taqdim etdilar.


Server Jeparov bu safar o'zining to'ng'ich farzandi Raul Jeparov bilan maydonga chiqib keldi


O'zbekiston Respublikasining madhiyasi yangrayotgan vaziyatda tabloda mana shunday fon aks etdi


Bahraynlik futbolchi Anzur Ismoilovni qiynayapti


Ko'plab tanqidlarga sabab bo'layotgan Davron Hoshimov bu o'yinda boshqacha harakat qildi va muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi


Aleksandr Lobanov ham ikki vaziyatda seyv qildi. Agar uchrashuvda durang qayd etilganida FIFA reytingidagi axvolimiz tanglashardi.


Darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov esa ko'rsatma beryapti


Sardor Rashidovga qarshi ishlatilgan qo'pollikni hakam bee'tibor qoldirdi...


Bundan uni "yomon" jahli chiqdi, ana bo'lmasam Krishti uslubida golni nishonlash...


Kechagina Messiga ko'rsatma berib yurgan Serxio Batista terma jamoamiz sardorini qo'llayapti


Samvel Babayan g'alaba qozongan o'yinlarida maysani o'pib qo'yishni odat qilgan...



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: