

Erta tongda futbol jamoatchiligi "Paxtakor" stadioni yoniga yig'ilib "Paxtakor-79" jamoasi a'zolarini yodga olishdi. O'zbekiston futboli faxriysi Narimon Jalolov, "Paxtakor" jamoasi sobiq futbolchisi To'lagan Isoqov, sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev so'zga chiqib samoga sochilgan yulduzlar haqida yoshlarga ma'lumotlar berishdi.

So'ngra yig'ilganlar poytaxtimizdagi Botkin qabristoniga yo'l olishdi. Bu yerda bunyod etilgan "Paxtakor-79" alleyasi yonida ham jamoa faxriy muxlislari, sobiq futbolchilar o'z nutqlari orqali jamoa a'zolarini yodga olishdi.

Ushbu tadbirning to'liq fotogalereyasini saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTO
"Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Buxoro" va "Dinamo" klublari futbolchi va murabbiylari Botkin qabristoniga tashrif buyurib "Paxtakor-79" jamoasini yodga olishdi.



Ushbu tadbirning to'liq fotogalereyasini saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTO



