FOTOGALEREYA-1. Abdurahmonovning quvonchiga sherik bo'lamiz

Narzulla Saydullayev
28 sen 2014, 09:48
Xabar berganimizdek, Osiyo o'yinlarining sakkizinchi kuniga kelib erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-70 kg) delegaciyamiz hisobiga ilk oltin medalni taqdim etdi.

U nimchorak finalda tojikistonlik Somirsho Vohidov, chorak finalda xitoylik Ling Xaiveini yirik 10:0 hisoblarida muddatdan avval mag'lub etdi. Yarim finalda yaponiyalik Kojima Takafumidan 6:0 hisobida ustun keldi. Finalda esa mezbonlar kurashchisi o'z muxlislari ko'z o'ngida mag'lubiyatga uchratildi.

Quyida e'tiboringizga ana shu final bahsida olingan suratlarni havola qilamiz.

Bekzod raqibining oyog'idan ushlashga harakat qilyapti

Mahkam ushlab oldi ham

Dastlabki ochko qo'lga kiritilgan vaziyat

Bu usul unga g'alaba keltirdi. Mezbon kurashchi usul ishlataman deb, o'zi tushib qoldi

Qo'ling hamisha baland bo'lsin, Bekzod! 

Ilk oltin muborak, Vatanim!

Endi har qancha yugursa arziydi

Bayrog'imiz hamisha sarbaland bo'lsin!

Davomi bor...

Suratlar muallifi Nodirxo'ja Yuldashev Incheon shahridan olamsport.com uchun maxsus. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com