FOTO. Makgidi 1 mln £ sterlingga koshonasini sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2017
Moskvaning “Spartak” hamda Angliyaning “Everton” klublari sobiq a'zosi Eyden Makgidi 1 mln. funt sterling evaziga o'z uyini sotishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Evening Times.

Nashr bergan xabarga ko'ra, uch qavatli koshona Glazgo shahrining Saut-Lanarkshir tumanida joylashgan.


Binoda 5 ta yotoqxona, bar, kinozal va boshqa xonalar bor. 31 yoshli futbolchi bu yerda rafiqasi va farzandi bilan birga yashab kelyapti.


Ma'lumot uchun, Makgidi o'tgan mavsum ijara asosida “Preston” sharafini himoya qildi.


U Chempionshipda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol kiritdi va 9 ta golga assistenlik qildi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: