Fotix Terim: "O'z maydonimizda "Real"ni mag'lub eta olamiz"

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013
"Galatasaroy" bosh murabbiyi Fotix Terim YCHL 1-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– "Real" – guruh favoriti. Ularning safiida dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri bo'lgan Krishtianu Ronaldu bor. Yana Garet Beyl, Anxel Di Mariya, Karim Benzema, Serxio Ramos, Iker Kasilyas kabi futbolchilar bor. Raqib juda kuchli. Ammo biz o'z maydonimizda istalgan jamoani mag'lub eta olamiz. "Galatasaroy" muxlislari bilan birga ancha narsaga qodir. Bizning muxlislarimiz – dunyodagi eng yaxshilari. Ularning qo'llab-quvvatlashiga ishonaman, – deydi Terim Goal.com nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net