Fors Ko'rfazi kubogi. Saudiya Arabistoni va Qatar finalda

Narzulla Saydullayev
24 noya 2014, 07:43
2014 yilgi Fors Ko'rfazi kubogi musobaqasi finalchilari ma'lum bo'ldi.
Musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni terma jamoasi BAA bilan bellashdi. O'zbekistonlik Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar boshqarib borgan bahsda Saudiya Arabistoni 3:2 hisobida zafar quchdi.

Ikkinchi yarim finalda Qatar Ummon ustidan 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Final uchrashuvi 27 noyabr kuni Saudiya Arabistoni hamda Qatar o'rtasida bo'lib o'tadi. E'tiborlisi musobaqa aynan shu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuv bilan boshlangandi. Guruh bosqichidagi o'sha o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Yarim final juftliklari:
23 noyabr
Ummon - Qatar 1:3
Gollar:
Raid Solih 24 - Hasan Al Haydos 36 penalti, Al Thaimin 59, 67.

Saudiya Arabistoni - BAA 3:2
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Mamur Saidqosimov, Alisher Usmonov (barchasi O'zbekiston), Muhannad Qosim (Iroq).
Gollar: Nosir Al Shamroni 19, Navaf Al Abid 22, Salim Al Davsari 86 - Ahmad Halil Al Junaybi 53, 79.
Saudiya Arabistoni: 1.Volid Ali, 2.Said Al Muvallad, 3.Osama Havsavi, 4.Abdulloh Al Dossari, 5.Omar Otman, 10.Navaf Al Abid (7.Salim Al Faraj, 67), 14.Saud Xariri 15.Nosir Al Shamroni, 16.Volid Bakshvn, 17.Taysir Al Jassim (19.Fahad Al Muvallad, 78), 18.Salim Al Davsari (12.Abdulmalik Al Xaibri, 84).


3-o'rin uchun o'yin. 25 noyabr
BAA - Ummon

FINAL. 26 noyabr

Saudiya Arabistoni - Qatar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia