Forbes dunyoning ko'p haq oluvchi futbolchisini ma'lum qildi

Alisher
30 may 2020, 13:43
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes talqiniga ko'ra dunyoning eng ko'p haq oluvchi futbolchilari reytingini boshqarib turibdi.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

Portugaliyalik futbolchi umumiy, 105 million dollar miqdoridagi mablag' bilan birinchi o'rindan joy oldi. Kuchli uchlikda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va PSJ forvardi Neymarlar ham bor.

Yevropa chempionatlarida o'ynamayotgan futbolchilar orasida Oskar ("Shanxay SIPG") va Andres Inesta ("Vissel Kobe")lar yuqori pog'onada turishibdi.

Reytingda 14 nafar eng katta haq oladigan futbolchilar ko'rsatilgan. Bunda 2019 yilning iyun oyidan 2020 yilning iyun oyigacha bo'lgan maoshlar va reklamalardan keladigan pullar hisoblangan.

1. Krishtianu Ronaldu (Yuventus, umumiy reytingda 2-o'rin) – 105 mln dollar

2. Lionel Messi (Barselona, 3-o'rin) – 104 mln 

3. Neymar (PSJ, 4-o'rin) – 95,5 mln 

4. Muhammad Salah (Liverpul, 34-o'rin) – 35,1 mln 

5. Kilian Mbappe (PSJ, 36-o'rin) – 33,8 mln 


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif