Foden: "Evroda o'ynashni istayman"

Alisher
3 mar 2020
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden Angliya terma jamoasi tarkibida Evro-2020da qatnashmoqchi.

"Men Evroda o'ynashni xohlayman, ammo tarkibda qanday futbolchilar borligini hisobga olsak, bu qiyin bo'ladi. Umid qilamanki, Garet Sautgeyt o'yinni ["Aston Villa"ga qarshi o'yin] ko'rdi va harakatlarim unga yoqdi.

Men qila oladigan narsam - yaxshi o'yin ko'rsatish. Biz u bilan ko'p gaplashmadik, ammo u meni kuzatayotganini aytdi", - deydi Foden.

19 yoshli futbolchi joriy mavsum "shaharliklar" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports