Foden "Barselona"ga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
8 mar 2026
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli futbolchini "Barselona" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Kataloniya klubi inglizni yozda, "shaharliklar" bilan shartnomasi yakuniga bir yil qolganda o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Foden 2025 yilning noyabridan boshlab "Manchester Siti" bilan yangi bitim bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq tomonlar haligacha murosaga kela olmayapti.


Alisher OstonovMuallif
Manba: fotmob.com