Florentino Peres: "Real" muxlislari soni Evroittifoq fuqarolaridan ko'proq"

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025, 19:57
"Real" prezidenti Florentino Peres klub haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Butun dunyo bo'ylab "Real"ga muxlislik qiluvchi ishqibozlar bor. "Real" muxlislari soni Evroittifoq fuqarolaridan ko'proq. Biz iqtisodiy jihatdan eng nufuzli va nomdor klubmiz. Bizning kuchimiz shundaki, biz – katta oilamiz. Bizni "Real" tarixi va qadriyatlari birlashtirib turadi. Qo'rqadigan hech nimamiz yo'q. Biz barcha qoidalarni hurmat qilamiz. Bizga transferlarni noto'g'ri rasmiylashtirish bo'yicha etiroz bildira olishmaydi. Afsuski, ko'plab klublarda bu boradagi vaziyat boshqacharoq. Ular faqatgina bir kun bilan yashaydi", - dedi Peres. 

Eslatib o'tamiz, bugun tunda "Real" safarda "Elche"ga qarshi maydonga tushadi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca