Florenci "Roma"dan ketishga yaqin

Sherzod Nurmatov
2 avg 2021, 20:02
"Roma" himoyachisi Alessandro Florenci klubni tark etishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 30 yoshli italiyalik jamoa ustozi Jozu Mourinyuning rejalariga kirmayapti, shu bois u Portugaliyadagi o'rtoqlik turnirini o'tkazib yubormoqda.

Aytishlaricha, o'yinchiga "Atletiko" tomonidan qiziqish mavjud. U Kiran Tripperga o'rinbosar sifatida qaralmoqda.

Florenci o'tgan mavsumni ijara asosida PSJda o'tkazdi va 36 o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira