Flik: "Termaning muvaffaqiyatli ishtiroki uchun qo'limdan kelganini qilaman"

Mirjalol Normatov
1 avg 2021, 16:38
Xans-Diter Flik Germaniya termasida ish boshlagani haqida gapirdi.

"Germaniya termasi bosh murabbiyi bo'lish - men uchun katta mas'uliyat. Terma yana ajoyib o'yinlarni ko'rsatishi uchun bor kuchim bian ishlayman. Muvaffaqiyat - barchasidan ustun. Bu boshqa atmosfera, boshqacha e'tibor. Bu klub emas. Bu yerda millat shani o'rtaga tikiladi.

Asosiy maqsad - terma kelajakda chiroyli va hujumkor o'yinni namoyish qilishi", - dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bayern & Germany