Flik o'rtacha hisobda har 12 o'yinda "Bavariya"ga bitta kubok olib berdi

24 avg 2020, 03:01
Finalda PSJdan ustun kelgan "Bavariya" YCHLda g'olib bo'ldi.

Bu Germaniya klubi Xans-Diter Flik boshchiligida qo'lga kiritgan 3-trofeydir.

55 yoshli mutaxassis jamoa boshqaruviga noyabr oyida, Niko Kovachdan keyin kelgan edi. Shundan keyin "Bavariya" Germaniya chempionati, kubogi va Yevropa Chempionlar Ligasini qo'lga kiritdi.

"Bavariya" Flik qo'l ostida barcha turnirlarda jami 36 o'yin o'tkazgan. Yani, Flik o'rtacha har 12 o'yinda klub bilan sovrin yutgan.

5 nafar futbolchi "Bavariya" bilan 7 yil ichida 2-bor treblga erishdi 

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka