Flik: "Maqsadimiz - yuqori cho'qqida qolish"

Aziz Tukhtamuradov
21 yanv 2021
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Ausburg" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizda 39 ochko bor va ayni paytda birinchi o'rindamiz. Ikkita mag'lubiyatdan so'ng qaytish muhim edi, ahir eng asosiysi natija. Keyingi safar yanada yaxshi o'ynash uchun tahlil ishlarini olib boramiz. 

Biz 90 daqiqa davomida tashabbusga ega bo'lishni istaymiz. 

Tanaffusdan so'ng ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik va birinchi bo'limdagi kabi o'ynay olmadik. Maqsadimiz - yuqori cho'qqida qolish. "Shalke"ga qarshi o'yinda biz yanada kuchayishimiz lozim", - dedi Flik. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Kicker