Flik: "Levandovski "Oltin to'p"ni yutishga haqli"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2020, 11:55
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovski haqida gapirdi.

Hujumchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 43 o'yinda qatnashib, 51 bora raqiblari postiga yo'l topdi.

"51 gol - juda katta natija. U Bundesligada 34 bora to'p kiritdi. Shu boisdan endi Germaniya chempionati futbolchisi ham "Oltin to'p"ni yuta oladi degan hayolga boryapman. Nima uchun yo'q? Robert bunga haqli, unga eng yaxshi tilaklarni tilayman", - dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild