Flik JCH-2022 oldidan Messi va Ronaldu haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
10 noya 2022, 09:34
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida fikrlarini bildirdi.

"Men haliyam ularni yuqori darajadagi futbolchilar hisoblayman. Messi Argentina terma jamoasidagi o'yinlari orqali, haliyam ajoyib formada ekanligini ko'rsatmoqda. 

Ronalduga keladigan bo'lsak, uni MYUdagi muammolar sabab u Portugaliya terma jamoasida hal qiluvchi rolida bo'la olmaydi deb hisoblash noto'g'ri. 

Biroq, JCH vaqtida faqat Messi yoki Ronalduga qarshi emas, butun boshli Argentina va Portugaliyaga qarshi o'ynash lozim. E'tiborni faqatgina ularga qaratib qo'yish xato bo'ladi", - dedi Xans-Diter Flik. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Berchtesgadener Anzeiger