"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Bayer" bilan o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Yevropa Superligasi haqidagi savolga javob berdi:
"Ayni paytda e'tiborimni butunlay boshqa mavzularga qaratganman, ammo shuni takidlashim kerakki, Superliganing tuzilishi Yevropa futboli uchun yaxshi natija bermaydi".