Flik: "Barselona"ning maqsadi - barcha sovrinlarni yutish"

Mirjalol Normatov
30 yanv 2026
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik jamoaning mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

"Maqsad - barcha sovrinlarni yutish, biroq bu oson emas. Orzu qilish kerak, lekin shu bilan birgalikda buning uchun harakatlashish va raqobatga dosh berish kerak. Navbatdagi bahsga e'tiborni kuchaytirish lozim. Biz har uch-to'rt kunda o'yin o'tkazyapmiz.

YCHLni yutishni barcha istamoqda. Bu nafaqat muxlislar, balki, biz uchun ham orzu. Bu oson bo'lmasligini bilamiz va nimalarga erishishimiz bo'yicha ishlashda davom etamiz", - dedi Flik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport