"Flamengo" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
15 avg 2021, 08:17
"Chelsi" forvardi Kenedi faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchini "Flamengo" ijaraga olmoqchi. Klublar muzokaralarni boshlashgan.

Kenedi "Chelsi"ga 2015 yilda "Fluminense"dan o'tgandi, u bu vaqt davomida "Uotford", "Nyukasl", "Xetafe" va "Granada" jamoalarida ijarada o'ynadi.

Futbolchi "Granada" tarkibida o'tgan mavsum 43ta yo'inda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira