​Firmino - yilning eng yaxshi braziliyalik futbolchisi!

4 yanv 2019, 08:50
Roberto Firmino Samba Gold-2018 mukofotiga ega chiqdi.

Mazkur sovrin Yevropada faoliyat olib boradigan braziliyalik futbolchilarga topshiriladi. G'olib internet foydalanuvchilari va jurnalistlar tanlovi orqali aniqlanadi. Bu yilgi ovoz berish yakunlariga ko'ra, “Liverpul”ning 27 yoshli hujumchisi Roberto Firmino 21,79 foiz ovoz bilan 1-o'rinni egalladi. Ikkinchi pog'onaga “Real” himoyachisi Marselo (20,51%), uchinchi o'ringa esa PSJ forvardi Neymar (18,67%) joylashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24