Firmino 23 ta o'yinda qilgan ishini so'nggi 2 ta uchrashuvda uddaladi

4 yanv 2019, 08:09
Roberto Firmino “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda (1:2) “Liverpul”ning yagona goliga mualliflik qildi.

Bu Firminoning APL doirasida so'nggi 2 ta o'yinda urgan 4-goli bo'ldi. Roberto o'tgan turda “Arsenal” darvozasini 3 marta ishg'ol qilgandi.

Qayd etish joiz, Firmino APLning so'nggi 23 ta o'yinida (2 ta o'yindagi oldingi bahslar nazarda tutilmoqda) 4 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta