Firdavs Asadov: "Mashal"dagi debyutimdan ko'nglim to'lmadi"

Narzulla Saydullayev
30 may 2016, 09:40
"Mashal" Oliy ligada "Olmaliq"qa qarshi 10-turni o'tkazdi. Bu uchrashuvda "Mashal" libosida Firdavs Asadov birinchi marta Oliy ligada maydonga tushdi.

Uchrashuvdan so'ng Asadov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mashal" safida Oliy ligada debyutimdan ko'nglim to'ladi deya olmayman. Mag'lubiyatga uchraganimizdan so'ng ko'nglim to'lishi qiyin. Juda ham qiyin o'yin bo'ldi. Asta-sekin maydonga qaytib, ko'proq maydonga tushib gollar urishni istayman. "Mashal" g'alabasiga hissa qo'shsam xursand bo'laman.
Albatta, ikki yillik katta tanaffusdan so'ng yana Oliy ligada maydonga chiqqanimdan xursandman. Menga ishonch bildirgani uchun murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi uchrashuvlarda gol urishni juda ham istayman", - deydi Asadov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia