"Fiorentina" xo'jayini: "Riberini ko'rdingizmi? U Ronaldudan ham zo'r"

Mirjalol Normatov
15 sen 2019
"Fiorentina" xo'jayini Rokko Kommisso "Yuventus"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Xursandman, yigitlar bor kuchi bilan o'ynashdi. 36 yoshli Riberini ko'rdingizmi? U Ronaldudan ham zo'r edi. Bizning italiyalik futbolchilar qoyilmaqom o'yin ko'rsatishdi.

Oradan vaqtlar o'tib, "Fiorentina"ga yordam berishni istayotgandim. Biz so'nggi 30 yil ichida eng ko'p abonementimizni sotishga ulgurdik. Bu ajoyib", - dedi Kommisso.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia