

"Napoli" darvozaboni Salvatore Sirigu "Fiorentina"ga o'tdi. 36 yoshli darvozabonning bitim tafsilotlari oshkor etilmagan.
Alohida aytish joiz, Sirigu uchun bu uning faoliyatidagi o'ninchi klub hisoblanadi. U avvalroq "Palermo", "Kremoneze", "Ankona", PSJ, "Sevilya", "Osasuna", "Torino" va "Jenoa" klublarida to'p tepgan.
Transfermarkt portali italiyalik futbolchini 800 ming evroga baholamoqda.
Sirigu ushbu mavsum hali maydonga tushmadi.



