"Fiorentina" Ibragimovichni A Seriyaga qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
17 okt 2019
"La Nazione" xabariga ko'ra, "Fiorentina" 38 yoshli Zlatan Ibragimovichni A Seriyaga qaytarmoqchi.

Shvetsiyalikning "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnomasi dekabrda yakunlanadi va u erkin agentga aylanadi. Oldinroq futbolchining o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emasligini aytgandi.

Zlatan faoliyati davomida "Yuventus", "Inter" va "Milan" kabi jamoalarda o'ynagan. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 30 gol urib,  7 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express