Finaldan oldingi matbuot anjumani 16 oktyabr kuni bo'ladi
Narzulla Saydullayev
13 okt 2015, 12:29
2015 yilgi O'zbekiston kubogi finalidan oldingi matbuot anjumani 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Jizzaxdagi stadionda bo'lib o'tadigan tadbirda soat 16.30da Bunyodkor vakillari ishtirok etishsa, soat 16.45da Nasaf vakillari qatnashishadi. Final o'yini 17 oktyabr kuni soat 17.00da boshlanadi.