Final. "Paxtakor" vs "Nasaf"- qaysi jamoa qimmatroq?

4 dek 2021, 16:19
O'zbekiston kubogi 2021 yilgi mavsumining hal qiluvchi o'yiniga start berildi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan futbolchilarga e'tibor qaratamiz. Piter Xyuistra final uchun tanlagan futbolchilarning o'rtacha yoshi 25,3 yoshga teng. Transfermarkt portali "sherlar"ning asosiy tarkibini deyarli 6 mln evroga baholamoqda.

"Paxtakor": 5 mln 725 ming evro

25.Eldorbek Suyunov - 30 yosh - 500 ming evro

3. Xojiakbar Alijonov - 24 yosh - 800 ming evro

5.Anzur Ismoilov - 36 yosh - 150 ming evro

7.Odil Hamrobekov - 25 yosh - 1 mln evro

9.Sherzod Temirov - 23 yosh - 300 ming evro

17.Dostonbek Hamdamov - 25 yosh - 1 mln evro

18.Hojimat Erkinov - 20 yosh - 350 ming evro

27.Sardor Sobirxo'jaev - 27 yosh - 800 ming evro

34.Farruh Sayfiev - 30 yosh - 700 ming evro

42.Abbosbek Fayzullaev - 18 yosh - 75 ming evro

88.Shahzod Azmiddinov - 21 yosh - 50 ming evro

Ro'ziqul Berdiev maydonga tushirgan o'yinchilarning o'rtacha yoshi esa 23,7 ga teng. Transfermarkt portali mazkur tarkibni deyarli 4 mln evroga baholamoqda.

"Nasaf": 3 625 000

1.Umidjon Ergashev - 22 yosh - 250 ming evro

5.G'olib G'aybullaev - 25 yosh - 500 ming evro

8.Dilshod Saitov - 22 yosh - 350 ming evro

18.Bahrom Abdurahimov - 32 yosh - 200 ming evro

19.Husayn Norchaev - 19 yosh - 350 ming evro

20.Suhrob Nurulloev - 23 yosh - 175 ming evro

22.Akmal Mozgovoy - 22 yosh - 450 ming evro

34.Sherzod Nasrullaev - 23 yosh - 450 ming evro

70.Abubakr Rizo Turdaliev - 20 yosh - 150 ming evro

77.Oybek Bozorov - 24 yosh - 500 ming evro

92.Umar Eshmurodov - 29 yosh - 600 ming evro

Ma'lumot uchun, "Paxtakor" tarkibida 4 nafar sobiq nasafchi ilk daqiqalardan maydonga chiqarildi: Eldorbek Suyunov, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiev va Sherzod Temirov. 

"Nasaf" Safida esa Suhrob Nurulloev hamda Bahrom Abdurahimov sobiq jamoasiga qarshi to'p tepyapti.

Ayni paytda maydondagi eng yosh futbolchi "Paxtakor" vingeri Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. Eng tajribalisi esa 36 yoshli Anzur Ismoilovdir.

O'zbekiston kubogi. Finalda avtogol urgan futbolchilarni bilasizmi?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia