Fillips uchun kutilmagan xaridor paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 dek 2023
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips yozda "Yuventus"ga o'tishga yaqin kelgandi.

Biroq "Guardian" xabariga ko'ra, ayni damda futbolchi uchun "Nyukasl" asosiy favorit bo'lib turibdi.

Futbolchining agentlari "shaharliklar" bilan muzokaralar olib borib, xavbekka ko'proq o'yin amaliyoti berish maqsadida qishda jamoasini o'zgartirish variantlarini ko'rib chiqishgan.

Fillips ushbu mavsumda "Siti" tarkibida faqatgina 89 daqiqa harakat qildi holos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Guardian