Filippe Koutino Fransiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Alisher
13 iyul 2021, 11:28
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Marsel" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Filippening katta maoshi transferga halaqit berishi mumkin. U hozirda yiliga 15 mln evro atrofida topadi, francuzlar esa unga 7,5 mln evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Koutino "Barselona"ga 2018 yilda "Liverpul"dan 135 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe