Fikr qoldirish bo'limi ishga tushirildi, tartibni saqlaymiz!

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2016, 15:12
3 kunlik profilaktika ishlaridan so'ng, saytimizning fikrlar bo'limi yana ishga tushdi.

Saytdagi ayrim texnik imkoniyatlar mukammallashtirildi. Fikr qoldirish xavfsizlik tizimi ustida ish olib borildi.

Endi saytda haqorat qilgan, futbol mavzusidan chetga chiqqan. Ikki jamoa muxlislari o'rtasidagi "sen-men"larga chek qo'yiladi. Hech qanday vaziyatda "blok" bo'lgan o'quvchiga "niki"ni tiklash imkoniyati berilmaydi. Shuning uchun, sizlardan tartibli bo'lishingizni iltimos qilamiz.

Uch kun davomida fikrlarsiz chiqqan xabarlar, mazasini yo'qotgan taomni eslatib yubordi. Sayt va saytning o'quvchilari bir jamoa bo'lishlarini istardik.

Atayin, sayt nufuzini tushirishga urinayotgan soxta fikr qoldiruvchilar ham yo'q emas. Ularning nayranglariga uchmasdan, "arz qilish" tugmasi orqali bizni xabardor eting.

Bugun boshlangan ramazon oyida, o'quvchilardan inoqlik va tartibli bo'lishlarini iltimos qilamiz! Mazkur qoidaga doimiy amal qilib, saytimizning fayziga fayz qo'shasiz degan umiddamiz!

Tez kunda Evro-2016 start oladi! Bu musobaqaga "CA" jiddiy tayyorgarlik ko'rdi va sizni zeriktirib qo'ymaydi deb o'ylaymiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia