Figu "Barselona"dan "Real"ga transferi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
16 okt 2022, 12:15
"Barselona" va "Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu Kataloniyadan Madrid klubiga o'tgani borasida gapirdi.

"Barselona"da menga kerakli hamma narsa bor edi. "Real"ga o'tish esa o'zgacha chaqiruv bo'lgan. Qaror meni qadrlashlariga bog'liq bo'lgan. U yerdagilar meni asosiy figura bo'lishimni aytishdi. Menimcha bu xato qaror bo'lgani yo'q. Bosimdan ham chiqib keta olganman", - dedi portugaliyalik.

"Real" 2000 yili o'sha paytdagi rekord summa - 62 mln evro evaziga Figuni "Barselona"dan sotib olgan. Ikki klubda Figu 5 yildan faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian