Mavsum boshida ta'kidlab o'tganimizdek, birinchi davra yakunlariga ko'ra kuchli uchlikdan o'rin olgan ishqibozlar o'zlari muxlislik qiladigan oliy liga jamoasi uchun 100 ta futbolka yutib oladilar. Agar 1-2 o'rinlarni bir jamoa muxlisi qo'lga kiritadigan bo'lsa, 3-4 o'rinlarni egallagan ishtirokchining ham fan klubida futbolka yutish imkoni bo'ladi. Natijalar qanday bo'lishidan qatiy nazar, 300 ta futbolka 3 ta fan klubga 100tadan bo'lib beriladi.
1-13-turlarda eng ko'p ochko olgan va 1-2-3-o'rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa O'zbekiston milliy terma jamoasi yulduzlarining dastxatlari tushirilgan to'plar sovg'a qilinadi.
Masalan: Ayni paytda "Bunyodkor" jamoasi 676 ochko bilan birinchi pog'onadan joy olgan. Agar shu ishtirokchi birinchi davrani kuchli uchlikda yakunlasa, "Bunyodkor" fan klubiga 100ta futbolka beriladi. "Bunyodkor" nomli ishtirokchining o'ziga esa terma jamoa futbolchilarining dastxati tushirilgan to'p va 5ta futbolka. Agar 2 o'rin vakili ham "Bunyodkor" muxlisi bo'lsa, unda keyingi ishtirokchiga qaraladi. Sababi biz 3ta fan klubga futbolkalar ajratishimiz lozim.
1-davraning yakuniy jadvalidan o'rin olgan dastlabki 100 nafar ishtirokchiga ham esdalik sifatida futbolkalar sovg'a qilinadi.
Va nihoyat, super yutuq! 8-turga qadar o'z jamoasiga ega ishtirokchilar orasida 8-13 tur oralig'ida eng ko'p ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan qatnashchi Sony PlayStation 3 sohibiga aylanadi. 9-tur uchun qo'shimcha jamoa ochishdan naf yo'q. Bu safar 8-turga qadar o'z jamoasiga ega bo'lgan ishtirokchilar g'olib bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 8-13 tur natijalariga ko'ra ikki va undan ortiq ishtirokchining ochkolari teng bo'lib qolgan taqdirda yuqoridagi ishtirokchilarning 14-tur o'yinlarida qo'lga kiritadigan ochkolari qo'shiladi. Shu tariqa g'olib aniqlanadi.
13-tur dedlayni 4 iyul soat 12:00ga qadar. O'z jamoaingizdagi o'zgarishlarni amalga oshirishga shoshiling.
P.S. FIFA.UZda o'yinlar bo'lib o'tganidan so'ng ertasiga tongda barcha ochkolar hisoblanayotgandi. Birinchi davraning so'nggi turi bo'lgani uchun va sovrin o'rtaga qo'yilgani sababli ochkolar hisoblanishi cho'zilishi mumkin. Bularning hammasi sovrin haqqoniy egasini topish maqsadida qilinadi.