FIFA.UZ: Ertaga Yevropa va Tailandga chipta yutib olganlar taqdirlanadi

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014, 13:30
Xabaringiz bor, FIFA.UZ loyihasi o'tgan musobaqalar uchun sovg'alar qo'ygandi.
Jumladan, o'tgan mavsumda Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida eng ko'p ochko to'plagan uchta ishtirokchi Yevropaga sevimli jamoasi ishtirokidagi o'yinga chipta yutib oldi.

Bundan tashqari, 2014 yilgi oliy liganing birinchi davrasida eng ko'p ochko olgan ishtirokchi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga safar qiladigan bo'ldi.

Ertaga, 4 avgust kuni ushbu chipta sohiblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

JCH-2014 g'olibi bo'lgan ishtirokchi esa yaqin kunlarda taqdirlanadi. Unga vada qilingan "brazuca" to'pi taqdim etiladi.

Yevropada Rossiya chempionati start olib bo'ldi. Fransiya chempionati 8 avgust kuni boshlanadi. Qolgan chempionlar ham ketma-ketlikda ishga tushaveradi.

Yangi evromavsum uchun ham sovg'alar bo'ladi albatta. Faqat hozircha bu sir. FIFA.UZ o'ynang va sovg'alar yutib oling.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia