FIFAning yetakchi eksperti Qarshida seminar mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2015
6 dekabr kuni FIFAning yetakchi eksperti, germaniyalik mutaxasis Monika Shtaab O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Monika Shtaab 9-23 dekabr kunlari Qarshi shahrida mamlakatimizning futbol bo'yicha  ayollar jamoalari murabbiylari va yetakchi futbolchilari uchun seminar mashg'ulotlari o'tkazadi.

Bugun 9 dekabr kuni soat 15:00da mazkur loyihani taqdimoti va ochilish marosimi bo'ladi.

Seminar – mashg'ulotlar 10 dekabrdan boshlab Qarshi shahridagi “Geolog” sport va madaniy sog'lomlashtirish markazida bo'lib o'tadi. Seminar ham nazariy ham amaliy tarzda o'tkaziladi, shuningdek seminar rejasida murabbiylar uchun master-klasslar ham o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 31 nafar murabbiy va futbolchilar ushbu seminarda ishtirok etishadi. FIFAning yetakchi eksperti Monika Shtaabga O'zbekiston Ayollar Futbol Associaciyasidan bir necha masul shaxslar ham hamrohlik qilishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcsevinch.uz