FIFA Vitaliy Mutkoga qarshi ish ochdi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2016
FIFA etika qo'mitasi Rossiya bosh vaziri va Rossiya Futbol Ittifoqi prezidenti (RFI) Vitaliy Mutkoga qarshi ish ochdi.

FIFA Mutkoning rossiyalik sportchilarning doping qabul qilishini yashirish borasidagi o'rnini bilmoqchi. Agar bu ayblovlar isbotlansa Mutko futboldan chetlatiladi, 2018 yilgi Jahon chempionati esa Rossiyadan boshqa mamlakatga berilishi mumkin.

Oldinroq Richard Maklaren boshchiligidagi Butunjahon antidoping agentligi (WADA) mustaqil tekshiruvchilarining ma'lumotlari e'lon qilingandi. Unda rossiyalik sportchilardan 2012 va 2016 yilgi Olimpiada o'yinlarida, 2013 yilgi Universiadada va 2013 yilgi Jahon chempionatida sportning 30 turida doping topilgani haqida yozilgan.

Maklarenning aytishicha Rossiyada doping qabul qilganlarni Sport vazirligi va Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) va shahsan bosh vazir Vitaliy Mutko va bosh vazir o'rinbosari Yuriy Nagorniy boshchiligida berkitilgan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk