FIFA transfer oynasining muddatini o'zgartiradi

8 apr 2020, 00:36
Xalqaro futbol federatsiyasi jahon futbolining bazi qoidalariga o'zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda.

Tashkilot matbuot xizmatining xabariga ko'ra, misli ko'rilmagan holat deb tarif berilayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli transfer oynalarining boshlanish va tugash muddatlari o'zgartiriladi. Keyingi transfer oynasining boshlanish va tugash sanalari keyiroq e'lon qilinadi.

Shuningdek, FIFA klublar va futbolchilarga ish haqini kamaytirish, yozda shartnomasi nihoyasiga etadigan futbolchilar mavsum yakuniga qadar o'z klubida qolishini tavsiya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fifa.com