

“Sho'rtan” hamda chernogoriyalik futbolchi Predrag Vuyovich o'rtasidagi mojaro hali yakuniga etmagan. FIFA Intizom qo'mitasi G'uzor klubiga dastlabki sankciyalarni qo'llash borasidagi ilk ogohlantirishni 2015 yilning 9 oktyabr kuni yuborgan. Shunga qaramay, “Sho'rtan” mazkur masala echimini topmagan.
O'zbekiston Professional futbol ligasi “Sho'rtan”ning ochkolarini 3 taga kamaytirib, endilikda uning Pro-Ligadagi ochkosi 8 emas, 5ta ekanini ma'lum qiladi. Agar klub Vuyovich bilan bog'liq masalani belgilangan muddat ichida hal qilmasa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo'ladi.



