FIFA "Rubin"ga transfer amalga oshirishni taqiqlab qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2024
FIFA "Rubin" klubiga uch transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlab qo'ydi.

Qozon klubi matbuot xizmati vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

"Klubimiz chindan ham FIFA tomonidan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlash to'g'risida ogohlantirilgandi. Bunga esa "Olborg" futbol klubiga Oliver Abildgor transferi uchun to'lov bilan bog'liq muammolar (kelishilgan to'lov va qo'shimcha summalar) sabab bo'lgan.

Klub zarur to'lovlarni amalga oshirgan, ammo moliyaviy sektordagi amaldagi sankciyalar tufayli ulardan bazilari ikkinchi tomonga yetib bormagan. Bugungi kunda "Rubin" klubi to'lanishi kerak bo'lgan summani "Olborg" klubiga qaysi yo'l bilan etkazish mumkinligini o'rganib chiqmoqda. Masala ijobiy hal qilingach, barcha cheklovlar FIFA tomonidan olib tashlanadi".

Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimiz Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev Qozonning "Rubin" klubi sharafini himoya qilishadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rubin-kazan.ru