FIFA reytingi: O'zbekiston ayollar terma jamoasi 42-o'rinda

Narzulla Saydullayev
29 mar 2019, 15:07
FIFA rasmiy saytida mamlakatlar ayollar terma jamoalarining yangi reytingi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1545 ochko bilan 42-pog'onani band etgan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a'zo mamlakatlar ayollar terma jamoalari reytingida O'zbekiston 9-o'rinda. Bu borada peshqadam jahon reytingining 6-o'rinini band qilgan Avstraliya bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinlarda Yaponiya va KXDR terma jamoalari joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia