FIFA reytingida O'zbekiston 13-pog'ona pastladi, Osiyoda beshinchi o'rindamiz

Narzulla Saydullayev
28 noya 2013, 15:02
FIFA milliy terma jamoalarning oktyabr oyi reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oyga nisbatan 13 pog'ona pastlab 68-o'rinda qayd etilgan. Ayni paytda Mirjalol Qosimov shogirdlari 526 ochkoga egalar. Terma jamoamiz Osiyoda uchinchidan beshinchi o'ringa tushib qoldi.

Osiyo qitasida Eron termasi peshqadam. Forslar 45-o'rindalar. Yaponiya esa 48-o'rinda. 54-o'rindagi Janubiy Koreya uchinchi, ikki pog'ona pastlagan Avstraliya 59 o'rinda.

Umumiy ro'yxatni hamon Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ulardan so'ng Germaniya va Argentina terma jamoalari joy olishgan.

To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia